Toshkent shahridagi Amity universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi oʻzaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

Ushbu qaror zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida, shuningdek, taʼlim sohasida rivojlanish uchun saʼy-harakatlarni birlashtirish, Oʻzbekistonda axborot jamiyatini yana-da rivojlantirish boʻyicha ish va tadqiqot ustuvorligiga koʻmaklashish shartnomalari asosida kuchga kirdi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga ahamiyat berilgan iqtidorli yoshlarni samarali rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish ham muhim ahamiyatga ega.

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi respublikamizda AKT sohasining texnik infratuzilmani yana-da rivojlantirishning yangi va ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Yaqin hamkorlar sifatida davlat muassasasi har bir talabaning davlat miqyosidagi loyihalarda ishtirok etishi va tajriba orttirishi uchun katta imkoniyat yaratadi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.