Amity universitetida xotin-qizlar uchun IT kurslar oʻz ishini boshladi

    Ta'lim 31 Mart 2022 680

    Toshkent shahridagi Amity universitetida xotin-qizlar uchun bepul uch oylik “Intensiv WEB-FULLSTACK” kurslariga start berildi.

    Mazkur kursning asosiy maqsadi — qizlar va ayollarga zamonaviy texnologiyalar haqida bilim berish, ularning kompyuter savodxonligini oshirish, mobil ilovalar va veb-saytlar yaratish koʻnikmalarini oʻrgatishdan iborat.

    Kurs doirasida “Albison.uz” IT akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “IT Girls” nomli seminar boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim muassasaning talaba qizlari ishtirok etishdi. Seminar doirasida xotin-qizlar uchun AKT sohasida yaratilayotgan sharoitlar, jumladan, “Tumaris.Tech” loyihasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi matbuot xizmati.

    Oʻquv kursi yakunida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan talabalarga sertifikatlar topshiriladi.