Amputant futbolchilarimiz Osiyo chempionati finaliga chiqdi

    Bangladesh poytaxti Dakka shahrida oʻtkazilayotgan amputantlar futboli boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi.

    Milliy paralimpiya qoʻmitasining xabar berishicha, Bangladeshda boʻlib oʻtayotgan amputant futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichida barcha toʻrt uchrashuvda gʻalaba qozondi va turnir finaliga chiqdi.

    Terma jamoamiz shu yilning 12-fevral kuni Osiyo chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida Indoneziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.