баннер
23 Mar 2025
11:10

    Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda qamishzorlar yoqib yuborildi

    Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan aholi oʻrtasida vahima keltirib chiqaruvchi asoslanmagan axborot tarqatmaslik soʻraldi.

    Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, mazkur tadbir zararli hashorotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralarning ruxsati va masʼul organlarning oʻzaro kelishuvi asosida olib borilmoqda. Shuningdek, yongʻin harakatlari va ularning koʻlami toʻliq nazorat qilinmoqda.

    "Ushbu tadbir belgilangan rejaga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya etgan holda amalga oshirilayotganini maʼlum qilamiz.
    Fuqarolardan vaziyat boʻyicha ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi oʻrtasida vahima keltirib chiqaruvchi asoslanmagan axborot tarqatmaslikni soʻraymiz", — deyiladi xabarda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech