Amur viloyatida vertolyot halokatga uchradi, oqibatda uch kishi hayotdan ko'z yumdi

    Qutqaruvchilar Amur viloyatining Zeya tumanida (Rossiya Federatsiyasi) halokatga uchragan Robinson R66 vertolyotining uchuvchisi va ikki yo'lovchisining jasadlarini topdi.

    “Halokat joyi xuddi shu hududda aniqlandi, uch kishi halok bo'ldi – uchuvchi va ikki yo'lovchi, ularning jasadlari topildi”, dedi agentlik manbasi.

    Viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Robinson R66 vertolyoti 16 sentabr` kuni g'oyib bo'lgan, avariya mayoqchasi ishga tushgan. Bortda uchuvchi va 2 nafar yo'lovchi bo'lgan. Vertolyot Zeya munitsipal okrugi hududidan ro'yxatdan o'tmagan parvozni amalga oshirgan. Qutqaruvchilar vertolyot qulagan joyni seshanba kuni tushdan keyin aniqlashdi.

    “Samolyot harakati va ekspluatatsiyasi qoidalarini buzish” moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergovchilar va sud-tibbiyot ekspertizalari voqea holatlarini aniqlamoqda, deb xabar beradi ria.ru.