A.N. Aripovni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-noyabrdagi qarori bilan Bosh vazir lavozimiga A.N. Aripov ma’qullangan.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq, Abdulla Nigmatovich Aripov O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh. Mirziyoyev