Anʼanaviy bayram yana Xonobodda

    Pandemiya davrida toʻxtab qolgan mazkur bayram bu yil nihoyatda koʻtarinki tashkil etildi.

    Andijon viloyatining Xonobod shahrida marhum sanʼatkor, soʻz ustasi Soyib Xoʻjayevning 112-yilligi hamda soʻlim shaharning 50 yilligi bayrami munosabati bilan festival tashkil etildi.

    Tadbir avvalida viloyatning turli hududlaridan taklif etilgan nuroniylar, mehnat faxriylari, sanʼat shaydolari va yoshlar karnay-surnay sadolari ostida bayramona kutib olindi.

    Mehmonlar jarayonda Xonobod shahrida amalga oshirilgan yangi loyihalar, bunyodkorlik ishlari bilan atroflicha tanishdilar. Shuningdek, ziyoratgohlarga sayohatlar uyushtirildi. Palov koʻrik-tanlovi, sport musobaqalari oʻtkazilib, ishtirokchi va gʻoliblar munosib taqdirlandilar.

    Afsona dam olish maskanidagi askiya kechasida soʻz ustalari va sanʼatkorlarning chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi, deb yozmoqda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati.