“Andarxon“chegara postida oyoqqa skotchlangan dorilar aniqlandi

    Voqea-hodisalar 4 Iyul 2025 635

    Qoʻshni davlatdan Oʻzbekistonga kelayotgan fuqaro 183 dona “Natriya Adenozintrifosfat“ nomli sifati kafolatlanmagan dori vositalarini oyoqlariga skotchlagan holda olib oʻtmoqchi boʻlganda ushlandi.

    Qayd etilishicha, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Andarxon“ chegara bojxona posti xodimlari tomonidan post orqali qoʻshni davlatdan Oʻzbekistonga piyoda harakatlanayotgan fuqaro toʻxtatilib belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tekshiruvlarda bojxona xodiming ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan va deklaratsiyalanmagan oyoqlariga skotch bilan yopishtirib bojxona nazoratidan yashirilgan, 183 dona “Natriya Adenozintrifosfat“ nomli sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.