Maʼlumotlarga koʻra, u 1990-yilda Andijon tumanida tugʻilgan. Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2015-yilda Andijon shahar moliya boʻlimida xoʻjalik ishlari mudiri sifatida boshlagan.
2016-2020-yillarda Andijon tumani hokimligi moliya boʻlimining byudjet boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari hamda boʻlim boshligʻi, 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Ushbu tayinlovga qadar u Andijon viloyat hokimligining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.