Andijon aholisini yapon tiliga manzilli oʻqitish rejalashtirilyapti

    Andijon viloyati hokimi Yaponiyaning “Langs corporation” bosh direktori janob Shon Park bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Andijon aholisini yapon tiliga manzilli tarzda oʻqitish masalasi muhokama etildi.

    Koʻzlangan maqsad Yaponiyada ishlash istagidagi insonlarni qariyalarni parvarishlashga hamda qishloq xoʻjaligi sohalaridagi mehnat faoliyatiga yuborishdan iborat.

    Hozirda migratsiya agentligi hamkorligida ilk jarayonlarni boshlashga koʻrsatma berilib, faoliyat uchun qulay bino masalasi hal etildi.