Andijon davlat universiteti talabasi xalqaro tanlov gʻolibi

    Madaniyat 15 Yanvar 2021 1452

    Andijon davlat universiteti talabasi Muxlisa Mashrabova “Rossiya isteʼdodlari” xalqaro va Butunrossiya masofaviy musobaqalari festivalda “Xalq vokallari” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

    Andijon davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti vokal ijrochiligi: anʼanaviy xonandalik yoʻnalishi 1 kurs talabasi Muxlisa Mashrabova 2021-yil 11-yanvarda www.dk-talant.ru sayti tomonidan tashkil etilgan “Rossiya isteʼdodlari” xalqaro va Butunrossiya masofaviy musobaqalari festivalda ustozi Boburbek Yuldashev bilan hamkorlikda tayyorlagan “Yor vasli” nomli qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, “Xalq vokallari” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

    Shu vaqtgacha Muxlisa Mashrabova koʻplab xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilayotgan musiqa tanlovlarida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Jumladan, 2020-yili Rossiyaning Sochi shahrida oʻtkazilgan “Biz birgamiz” xalqaro tanlovida, 2019-yil «Yagonasan muqaddas Vatan!” respublika tanlovida gʻolib boʻlgan.

    Maʼlumot uchun, www.dk-talant.ru sayti tomonidan oʻtkizilayotgan “Rossiya isteʼdodlari” xalqaro va Butunrossiya masofaviy musobaqalari festivali Rossiya Federatsiyasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Federal qonunining 77-moddasi 2-qismiga muvofiq oʻtkaziladi, unda talabalar va oʻqituvchilar tanlovlarda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar, deb xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.