Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga beriladi

    Hukumat 27 Aprel 2023 1342

    Temir yoʻl sohasida ham katta oʻzgarishlarni boshlayapmiz va bunda investorlar faol ishtirok etishlarini soʻrab qolaman”, - dedi Prezident.

    Yaqin-yaqingacha iqtisodiyotning muhim tarmoqlari faqat davlat korxonalaridan iborat edi.

    Islohotlar natijasida oldinlari “yopiq” boʻlgan tarmoqlarga xususiy investitsiyalar faol kirib kelmoqda. Misol uchun, avval 100 foiz davlat tarmogʻi hisoblangan aviatsiya sohasida xususiy sektorga keng yoʻl ochildi.

    “Biz transport sohasida raqobat muhitini yaratishga qaratilgan islohotlarni davom ettiramiz. Bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvini ham xususiy sektorga topshiramiz.

    Temir yoʻl sohasida ham katta oʻzgarishlarni boshlayapmiz va bunda investorlar faol ishtirok etishlarini soʻrab qolaman”, - dedi Prezident.

    Shu bilan birga, tez oʻsib kelayotgan IT, turizm, taʼlim, tibbiyot kabi sohalarda Oʻzbekiston mintaqaviy xabga aylanib borayotgani ham bu yoʻnalishdagi katta imkoniyat.

    Bu yil davlat-xususiy sheriklikni joriy qilish boʻyicha 14 milliard dollarlik alohida dasturlar xalqaro moliya institutlari koʻmagida ishlab chiqildi. Bular davlat uchun muhim boʻlgan transport, kommunal va suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash kabi tarmoqlarni qamrab oladi.