Andijon shahar XTB rahbari pora bilan qoʻlga tushdi

    Tashvishli xabar 8 Aprel 2021 733

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari hamkorlikda tekshiruv oʻtkazdi.

    Unda bir fuqaro ikkinchisining ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali bir qancha masalalarni hal qilib berish vaʼda qilgan. (Ular orasida maktabga direktor tayinlash va attestatsiya masalalari bor)

    Tadbir davom ettirilishi natijasi “yuqori lavozimli tanish” - Andijon shahar Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi 900 dollar pora bilan qoʻlga tushdi.