Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.S. hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga sotib olingan “Malibu-2” rusumli avtotransport vositasini garovga qoʻymasdan, boshqa shaxsga 28 000 AQSH dollariga sotib yuborib, bank manfaatlariga 220,7 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.