Xotira juda tez sustlashadi. Kayfiyat juda tushkun boʻlib qoladi, bemorlar ilojsizlik hissidan aziyat cheka boshlaydi.
Maʼlumki, 27.09.2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi ”818-son qarori bilan kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxati tasdiqlangan.
Ushbu roʻyxatda “Tropikamid“ nomli dori vositasi ham kiritilgan boʻlib, chakana realizatsiya (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Shunday boʻlsada, ushbu dori vositasini hech qanday hujjatlarsiz qonunga zid ravishda chegara hududidan olib oʻtish holatlari kuzatilmoqda.
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qonunga xilof ravishda muomalaga kirishiga chek qoʻyish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda ayrim fuqarolar tomonidan qonunga zid ravishda “Tropikamid“, “Pregabalin“ va boshqa turdagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar olib oʻtilayotganda ushlangan va olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar sudning 9 ta ijro hujjatiga asosan yoʻq qilinishi belgilangan.
Sud hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida Byuroning Andijon shahar boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan jami 379 dona “Tropikamid“, 685 dona “Pregabalin“ va boshqa turdagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar tegishli tartibda yoʻq qilinib, insonlar salomatligiga ziyon yetkazishi oldi olindi.