“Andijon suv ombori”ning nomi nega “Kampirrovot” deb ataladi?

    Bilasizmi? 28 Dekabr 2020 10385

    Fargʻona vodiysining aksariyat hududlarini suv bilan taʼminlovchi “Kampirrovot” suv ombori “Tyan-Shan” togʻ tizmasining 5-irmogʻidan paydo boʻluvchi “Qoradaryo” oʻzaniga qurilgan gidrotexnik inshootdir.

    U 1962-yili loyihalashtirilib, 1968-1982-yillarda qurib bitkazilgan.

    “Andijon suv ombori” deya ataluvchi bu inshootning nomi nima uchun “Kampirrovot” ekanligi barchani qiziqtiradi. Buning sababi, ushbu suv ombori qurilishidan oldin ikki qoya oʻrtasida huddi darvoza, yaʼni rovot singari tabiy yoriq mavjud boʻlgan. Oʻsha joyda qoya ham boʻlib, uning shakli huddi boshida savat koʻtarib turgan keksa ayolni eslatgan. Ushbu ikki sabab tufayli suv ombori “Kampirrovot” nomini olgan.