Haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli yoʻlovchi poyezdi Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan oʻtib, Termiz shahriga yetib boradi.
Shuningdek, 659-sonli yoʻlovchi poyezdi 23-avgustdan boshlab, har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.