Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A., O.T. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, Andijon tumani “Qora tut” MFY hududidagi xonadonda xavflilik darajasi yuqori boʻlgan umumiy qiymati 86,4 mln soʻmlik jami 96 ming dona xorijda ishlab chiqarilgan “Birthday Candle 6 PCS” nomli pirotexnik vositalarini “Yangi yil” bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.