Tashrif doirasida Orenburg va Andijon viloyatlari hokimliklari mutasaddilari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazildi.

Uchrashuvlarda Orenburg viloyati mehnat bozori bilan oʻzaro aloqalarni kengaytirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida amaliy chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Tadbirlar yakunida Andijon viloyati va Orenburg viloyati Mehnat va aholini ish bilan taʼminlash vazirligi oʻrtasida bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.

Shuningdek, Orenburg viloyati oʻzbek diasporalari vakillari va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga Prezidentimizning joriy yil 15-sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, Rossiya Federatsiyasi bilan chegaralarning ochilishi, patent olish qoidalari, charter reyslar narxlarining pasayishi haqidagi savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.