Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

    Rahimov Ulugʻbek Odashevich Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

    U. O. Rahimov 1971-yili Paxtaobod tumanida tugʻilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti va respublika Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.

    Xizmat faoliyatini 1994-yili Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Paxtaobod tumani qoʻmitasida boshlagan. 2000-yildan to shu kunga qadar qishloq xoʻjaligi sohasining turli yoʻnalishlarida samarali xizmat qilib kelmoqda.

    U tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.