Andijon viloyat hokimligi binosi qurilishi boshlandi

    Yangi bino investitsiya mablagʻlari asosida 4 gektar yer maydonida barpo etiladi.

    Yangi Andijonda viloyat hokimligi binosi qurilishini boshlab berish uchun tashkil etilgan marosim boʻlib oʻtdi.

    Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, yangi bino investitsiya mablagʻlari asosida 4 gektar yer maydonida barpo etiladi.

    Qurilish maydoni 7 ming 100 kvadrat metrni tashkil etadi. 1,4 gektar maydonida koʻkalamzorlar bunyod etiladi. Yangi binolar 3 qavatli hamda 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta maʼmuriy xonalarni oʻz ichiga oladi.

    Tadbirda shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Vatanparvarlar bogʻi”ni barpo etish boʻyicha koʻplab faollar ishtirokida navbatdagi harakatlar boshlab berildi.