Bir qator ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Shuhratbek Qo'shaqboevich Abdurahmonov Andijon viloyati hokimi lavozimidan ozod qilingan. Unga ko'ra, viloyatning barcha idora va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o'tgan yig'ilishda prezident topshirig'iga binoan Abdurahmonovning hokimlik guvohnomasi olingan.
Ma'lumot uchun shu kunlarda Abdurahmonovga tegishli deya taxmin qilinayotgan shaxsning uyatsiz va shahvoniy qiliqlari aks etgan videotasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan edi.
Andijon viloyatiga shu paytgacha viloyat hokimining birinchi o'rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan Dilshodbek Abdumalikovich Karimov vaqtinchalik rahbar etib tayinlangan.