Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Avazbek Ergashev 1966-yil Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Oltinkoʻl tumani “Oq-tepa” shirkat xoʻjaligi aʼzosi vazifasidan boshlagan.
1992-2022-yillarda Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani “Oq-tepa” shirkat xoʻjaligi aʼzosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais oʻrinbosari, Oltinkoʻl tumani qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi urugʻchilik boʻlimi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati “Paxta urugʻchilik” birlashmasi raisi, Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Gʻoʻza urugʻchiligi” respublika markazi boshligʻi oʻrinbosari boʻlgan.
2006-2020-yillarda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani hokimi boʻlgan, 2020-2022-yillarda Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan. 2022-yil fevralidan buyon Urugʻchilikni rivojlantirish markazi direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
U 2023-yil aprel oyi oʻrtalarida Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.