Andijon viloyatida 3-4 ballik zilzila boʻldi

    Yashil sayyora 15 Sentabr 2022 2724

    Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 15-sentyabr kuni soat 16:24da (15.09.2022-yil, Grinvich boʻyicha 11:24 da) zilzila sodir boʻldi.

    Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

    Xabarga koʻra, zilzilaning epitsentri Andijon viloyati, Izboskan tumani boʻldi. Zilzila koordinatalari: 40,92 gradus shimoliy kenglik; 72,34 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 265 km janubiy-sharqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Andijon viloyatida 3-4 ball, 16 km.