Andijon viloyatida “Data Center”lar faoliyati samarali yoʻlga qoʻyildi

    Energetika 17 Iyul 2021 861

    “Andijon HETK” AJ shahar va tuman elektr taʼminoti korxonalarida “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimi” (EEHONQA) mini “Data Center” lar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

    Isteʼmolchilarga zamonaviy xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu innovatsion markazlar eng zamonaviy kompyuter jihozlari, texnologik qurilmalar, yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlangan.

    Shuningdek, mini “Data Center”larga malakali mutaxassislar saralab olingan boʻlib, ular CAS dasturi orqali barcha elektr stansiyalari, nimstansiyalar, transformatorlar yuklamasi va unga ulangan isteʼmolchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni geolokatsiya orqali tahlil qilib boradilar.

    “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish tizimi” (EEHONQA) orqali qarzdor isteʼmolchilar tarmoqdan ajratiladi va toʻlovni amalga oshirgandan soʻng tarmoqqa qayta ulanadi.

    Hozirda ushbu tizim joriy qilinishining yakuniy bosqichida boʻlib, isteʼmolchilarni billing tizimiga ulash ishlari poyoniga yetyapti, deb xabar beradi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati “Andijon HETK” AJ maʼlumotiga tayanib.