FVV axborot xizmati Shahrixon tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida birlamchi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, joriy yilning 25-yanvar kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan Asaka avtorurargohida tashkil etilgan buyum bozorida yongʻin sodir boʻldi.
Bu haqdagi birlamchi xabar FVBga soat 23:30 da kelib tushdi. Zudlik bilan aytilgan manzilga 20 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borib, yongʻinni bartaraf etish ishlarini olib borildi.
Yongʻin oqibatida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangan. Fuqarolarning kuyish tan-jarohatini olgani va halok boʻlgani toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushmadi.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.