Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berdi.

Mazkur stansiyada har birining quvvati 30 kVt boʻlgan 4 ta gidroagregatlar oʻrnatilgan boʻlib, ular orqali yiliga 1 million 52 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yiliga 600 ta xonadonni ekologik toza elektr energiyasi bilan taʼminlashga erishiladi.

Ayni paytda mazkur GESda quvurlarni montaj qilish va sozlash hamda ishga tushirish ishlari davom ettirilmoqda.