Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Boʻston va Ulugʻnor tumanlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida yangi elektr uzatish tarmogʻi va yuqori kuchlanishli podstansiya qurilmoqda.
Bugungi kunda qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Jumladan:
Uzunligi 14 km boʻlgan 220 kVli elektr uzatish tarmogʻi uchun tayanchlar oʻrnatilib, sim tarmogʻini tortish ishlari yakunlandi.
Yangi podstansiya uchun bitta yuqori kuchlanishli 125 MVAli transformator oʻrnatildi. Shuningdek, loyiha doirasida yana bitta transformator oʻrnatish rejalashtirilgan.
Podstansiyaning dastlabki quvvatlari joriy yil yakuniga qadar va 2024-yilda esa toʻliq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.