Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

– Аholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni oʼz ichiga olgan "yoʼl xaritasi";

– Аndijon viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, "oʼsish nuqtalari" va "drayver sohalari";

– Sanoat, qishloq xoʼjaligi va xizmat koʼrsatish sohalarini rivojlantirish boʼyicha investitsiya loyihalarining yigʼma parametrlari;

– 2022-yilda Аndijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obʼektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash boʼyicha kompleks chora-tadbirlar;

– Аndijon viloyatining tuman va shaharlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʼyicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli roʼyxati.

Kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq Аndijon viloyatida 2022–2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 baravarga, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,2 baravarga, xizmatlar hajmi 3,0 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,4 baravarga oshiriladi.