ITSV ma'lumotiga ko'ra, safar davomida YAponiyaning “Mitsubishi”, “Dell” kabi 50 dan ortiq etakchi kompaniyalarining vakillari ishtirokida “Andijon viloyatining biznes salohiyati” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Unda Andijon viloyatining sarmoyaviy imkoniyatlari, resurs bazasi taqdim etilib, yapon ishbilarmon doiralari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Safar doirasida vazirlik va idoralar, ta'lim muassasalari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o'tkazildi.

“Simidzu Korporeyshn” bilan “YAngi Andijon”da qurilish loyihalarini, “Ripro”  korporatsiyasi bilan sun'iy tola ishlab chiqarish bo'yicha 10 million dollarlik investitsiya loyihasini, “Kaori International Japan Co., LTD.”  kompaniyasi rahbariyati bilan plastikdan elektr izolyatsiyasi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha qiymati 5 million dollarlik sarmoyaviy loyihani amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.