Andijonda 210 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi...

    Ta'lim 24 Dekabr 2021 2100

    Yangi yil bayrami arafasida Andijon shahridagi 35-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini boshladi.

    Ilgari 70 oʻrinli boʻlgan mazkur taʼlim tashkiloti 6 milliard 210 million soʻm mablagʻ evaziga yangidan bunyod etildi. Natijada 210 nafar bolajonlarning taʼlim va tarbiya olish imkoniyati yaratildi. Yangi qurilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, oʻyin maydonchalari, yozgi ayvonchalar hamda suzish havzasi barpo etilgan.

    Zamonaviy ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning yoshi, qiziqishi hamda qobiliyatidan kelib chiqib, sport, musiqa, til oʻrgatish, rasm toʻgaraklari yoʻlga qoʻyilib, bolajonlarning iqtidorini yanada rivojlantirishga erishiladi, deb xabar beradi Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.