Andijonda 24 yoshli yigit oʻzini yoqib yubordi

    Shu yilning 31-oktyabr kuni Andijon shahrida 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, oʻzini yoqib yubordi.

    Qayd etilishicha,

    2000-yilda tugʻilgan fuqaro F.R. “Paynet” shoxobchasiga kirib, oʻziga benzin sepib, joniga suiqasd qilgan va kuygan jarohatlari bilan RSHTYIAM viloyat filialiga olib borilgan va unga zaruriy tibbiy yordam koʻrsatilgan.
    Maʼlumotlarga koʻra, yigit oʻzining ustiga benzin sepib, shoxobchaga kirgani, oʻzini yoqib yuborib, voqea joyida qaytib chiqqani hududda oʻrnatilgan videokameralar tushib qolgan.

    Bosh prokuratura axborot xizmatiga koʻra, hozirda yigitning oʻz joniga qasd qilish holatining sababi oʻrganilmoqda. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro R.F. olgan tan jarohatlari boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytilishicha, yigit onlayn qimor oʻynab katta miqdorda pul yutqazib qoʻygani uchun oʻz joniga qasd qilgan.