Andijonda 4 tonnadan ziyod Ai-92 benzini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Ushbu benzin yoqilg'isini Farg'ona shahrida joylashgan «MCHJ»ga qarashli korxonadan hech qanday hujjatlarsiz jami 47 mln 900 ming so'mga sotib olingan.

    Andijon shahrida 4 tonnadan ziyod Ai-92 markali benzin yonilg'isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda «O'zenergoinspektsiya».

    Ichki ishlar vazirligining Andijon viloyat boshqarmasi va «O'zenergoinspektsiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri, «Ishchilar» MFY istiqomat qiluvchi fuqaro M.SH. o'z xonadonida texnik talablarga zid ravishda benzin yoqilg'isini sotayotganligi malum bo'ldi.

    Xususan, ushbu xonadonda bo'lgan yuk avtomashinadan jami 4 tonna 910 litr Ai-92 markali benzin yoqilg'isini bo'sh elim idishlarga quyib olinayotganda aniqlandi.

    Olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida ushbu benzin yoqilg'isini Farg'ona shahrida joylashgan «MCHJ»ga qarashli korxonadan hech qanday hujjatlarsiz (yuk xati, shartnomasiz, sertifikatsiz) jami 47 mln 900 ming so'mga sotib olinganligi ma'lum bo'ldi.

    Mazkur holat yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko'rilmoqda.