Andijonda 70 ming gektar maydon aholiga ikkilamchi ijaraga beriladi

    Agrosektor 18 Iyun 2021 1888

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati faollari yigʻilishida qayd etishicha, viloyatda gʻalladan boʻshaydigan 70 ming gektar maydonni ikkilamchi ijaraga berish orqali 220 ming ishsiz aholi bandligi taʼminlanadi.

    Yigʻilishda qishloq xoʻjaligiga mutasaddi rahbarlarga bir oy muddatda takroriy ekinlarni toʻliq ekishni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

    Shu yil oxirigacha qoʻshimcha 9 ming gektar yaylov yerlarni foydalanishga kiritish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlab, ijrosini taʼminlash kerakligi aytildi.

    Viloyatda joriy yilda 28 ming gektarda tomchilatib sugʻorishni joriy etish, 16 ming gektarni lazerli tekislash orqali 670 million kub metr suv tejash rejalashtirilgan.