Shuningdek, viloyatda 332 ming 649 nafar aholi isteʼmolchilarining 248 milliard soʻmlik elektr energiyasidan qarzdorligi qayd etilgan.

Korxona direktori Ahadjon Joʻrayevning maʼlum qilishicha, elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarning sababi faqatgina elektr taʼminoti korxonalariga bogʻliq emas, isteʼmolchilarga ham bogʻlik. Viloyatdagi isteʼmolchilarning foydalanilgan elektr energiyasidan debitor qarzdorligi 273 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Qarzlarning oʻz vaqtida toʻlanmasligi natijasida yil boshiga nisbatan qarzdorlik 37 mlrd.soʻm ga ortgan.

– Korxonamiz tomonidan qilinadigan ishlarning barchasi undirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ammo qarzlar taʼminoti operativ bajarilmayotgani bois eskirgan uzatish tarmoqlari, transformator punktlaridagi almashtirish, taʼmirlash ishlarini oʻz vaqtida bajaraolmayapmiz.

Shu sabab debitor qarzdorlikni kamaytirish maqsadida bir qator ishlar olib borildi. Jumladan, qarzdorligi mavjud isteʼmolchilarni tarmoqdan uzish uchun 53 ta oʻchirish guruhi tashkil qilindi. Ular tomonidan joriy yilning sentyabr-noyabr oylari davomida 7 ming 980 nafar isteʼmolchi tarmoqdan uzildi. – deydi korxona rahbari.