Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor B.D.dan undiruvchi G.M. foydasiga ikki nafar farzandi taʼminoti uchun aliment toʻlab borishi belgilangan.
Biroq, Byuro xodimlari tomonidan ogohlantirishlarga qaramasdan qarzdor farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlab kelgan va aliment qarzdorligi 26 mln. soʻmga borib yetgan.
Qarzdorlikni undirish maqsadida bir necha marotaba qarzdorning yashash manziliga borilganda u yerdan topilmaganligi sababli, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv shuʼbasi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor fuqaro oʻz hovlisining qurilishi tugallanmagan hududida “shifer” ortiga yashiringan holatda topilgan.