Andijonda ammasi va o'z jiyanini o'ldirgan shaxs qo'lga olindi

    Tashvishli xabar 26 Yanvar 2023 1235

    Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ma'lumot berdi.

    Aniqlanishicha, 25 yanvar kuni soat 18.30 larda 30 yoshli erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini to'lash uchun qarzga pul so'ragan va ammasidan rad javobini olgan.

    Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablag'larini qo'lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisini qizi) ni xo'jalik pichog'i bilan qasddan o'ldirgan.

    Shundan so'ng, u xonadonda bo'lgan 7 mln. so'm pulni qo'lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

    Tergov harakatlari davom etmoqda.