Andijonda arab tajribasi asosida bogʻ yaratiladi

    Agrosektor 9 Yanvar 2024 1190

    Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hududida 470 gektar yer maydoniga bogʻ yaratyapti.

    Loyihaning birinchi bosqichida maydonning 20 gektar qismiga golubika rezavori sinov tariqasida tuvaklarda yetishtirilyapti. Maydon hududi toʻliq tomchilatib sugʻorish tizimi bilan taʼminlangan.

    Loyiha toʻliq ishga tushgach 2 000 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Ushbu rezavor issiqlikka chidamsiz boʻlgani bois kelgusida maxsus toʻrlar bilan himoyalanadi. Bir gektar maydonga 4 000 tup ekilishi natijasida oʻrtacha 400-500 tonna hosil olinishi kutilyapti.

    Qizigʻi shundaki, qiymati 30million dollarga teng mazkur loyiha doirasida golubika bilan birga malina va sabzavot mahsulotlarini ham yetishtirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.