Andijonda avtomobil ustaxonasida yongʻin chiqdi

    Asaka tumanida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasida sodir boʻlgan yongʻinda bir kishi halok boʻlgan, yana bir odam ogʻir jarohat olgan.

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Asaka tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Kecha, 28-iyul kuni Andijon viloyatida uyda tashkil qilingan ustaxona alanga ichida qoldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Asaka tumani Neʼmatobod MFY Yangiobod koʻchasida joylashgan uylardan birida yuz bergan.

    Soʻng soat 18:26 da Yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va sodir boʻlgan yongʻin soat 18:54 da batamom oʻchirilgan.

    Yongʻin oqibatida aholi yashash xonadonining 70 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

    Keyinroq maʼlum boʻlishicha yongʻin tufayli uyda bir nafar fuqaro halok boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Asaka tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.