Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 2022-yilning yanvar—may oyida Andijon viloyatida bino va inshootlar qurilishi bo'yicha 1733,1 mlrd. so'm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 75,3 foizini tashkil etdi.
Shuningdek, fuqarolik obyektlarini qurish bo'yicha 270,6 mlrd. so'm yoki jami qurilish ishlarining 11,8 foizi hamda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bo'yicha 297,1 mlrd. so'm yoki 12,9 foiz ishlar bajarilgan.