баннер
21 Mar 2025
20:41

    Andijonda birinchilardan bo‘lib chigit ekish boshlandi

    Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida yangi 76 sxemada Xitoyning Xin Lu Zhong 52 navli chigiti ekildi.

    Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

    Fermer xo‘jaligining 17 gektar yer maydoniga ekilgan chigitlardan mo‘l hosil olish rejalashtirilgan.

    Tumanda chigit ekish hamda boshqa agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida, mavsumga puxta hozirlik ko‘rilgan.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech