Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Uchrashuvda chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha “Jin Ming” energetika kompaniyasi bilan 250 million dollar qiymatdagi muhim memorandum imzolandi.
Shuningdek ushbu loyiha viloyatning Andijon tumani hududida amalga oshirilishi rejalashtirilib, qurilish ishlari kelgusi oydan boshlanishi belgilandi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida jami qiymati 100 million dollarlik boʻlgan 5 ta loyiha ham koʻrib chiqildi.