Andijonda chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi

    Xoʻjaobod tumanida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish va isitish zavodi binosiga tamal toshi qoʻyildi.

    Qiymati 146 mln.dollarini tashkil etgan loyiha “China International Camce” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

    Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, nuroniylar, tashkilot rahbarlari, soha vakillari ishtirok etdi.

    Ushbu loyiha Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning amaldagi natijasi boʻlib, 2025-2027-yillar mobaynida toʻliq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

    «Bugun bizning asosiy vazifamiz — ana shunday yirik va strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish. Viloyatimizning barqaror iqtisodiy oʻsishiga zamin yaratishdir«, — deydi Shuhratbek Abdurahmonov.