Holat boʻyicha Andijon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat shu yilning 12-sentyabr kuni sodir boʻlib, maktabning 10-“Z” sinf oʻquvchilari soat 9:20 da maktabga kelishganligi, ular tomonidan muntazam darsga kech qolish holatlari kuzatilayotganligi bois maktabning masʼul xodimi D.T tomonidan oʻquvchilar tartibga chaqirilgan.
Ushbu holat maktab direktori tomonidan nazoratga olinib, oʻquvchilar darslarga kiritib yuborilgan hamda oʻquvchilarning ota-onalari bilan dars jarayonlari 8:00 dan boshlanishi va ushbu vaqtda oʻquvchilarni maktabga kelishlarini taʼminlash zarurligi yuzasidan suhbat olib borildi.
Shuningdek, maktab direktori tomonidan masʼul xodim D.Tga oʻquvchilar bilan pedagogik etika qoidalariga rioya etgan holda munosabatda boʻlishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan intizomiy chora qoʻllanildi.