Malaka oshirish boʻyicha oʻquv kurslarida bugungi kundagi zamonaviy IT dasturlarni oʻrganish va ulardan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Loyihaning asosiy maqsadi tinglovchilarni axborot texnologiyalari boʻyicha bilim va malakalarini oshirish, olgan bilimlarini oʻzining ish joyida tatbiq qilish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻrgatish hisoblanadi. Ushbu amaliyot kelgusida viloyat markaziga yetib kela olmaydigan oʻquvchi yoshlarni va oliygohlardagi talabalarni dasturlashning boshlangʻich bilimlarini oʻzlashtirishida imkon yaratadi.
Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilar dastur orqali yaratgan kichik loyihalarini taqdimotini oʻtkazdilar va ularga IT sertifikatlar taqdim etildi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.