Andijonda “Ecuinox” tez yordam avtomashinasi bilan toʻqnashdi

    Voqea-hodisalar 13 May 2025 723

    Hozirda holat yuzasidan hozirda Andijon shahar IIOFMB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Viloyati IIB JXX YHXBning xabar berishicha, holat shu yilning 12-may kuni soat 15:10larda, Andijon shahar Yu.Otabekov, Mustaqillik hamda Buburshox koʻchalari kesishgan “Klinika“ chorrahasida sodir boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, Mustaqillik koʻchasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1985-yilda tugʻilgan X.G. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Ecuinox” rusumli avtomashinasida, Yu.Otabekov koʻchasidan kelayotgan “Wolsvagen” rusumli tez yordam avtomashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotib, qatnov qismining chetida turgan “Damas“ rusumli avtotransport vositasiga borib urilgan.

    Yoʻl transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq, avtomashinalar texnik shikastlangan.