Qayd etilishicha, shu yil 5-fevral kuni fuqaro S.M. shaʼriy nikohidagi turmush oʻrtogʻi J.M. bilan oʻzaro janjal oqibatida S.M. xoʻjalik pichogʻi bilan J.M.ni qasddan oʻldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani prokuraturasi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va S.M. protsessual tartibda ushlanib, “qamoqqa olish“ ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha olib borilayotgan tergov harakatlari alohida nazoratga olingan, tergov harakatlari davomida ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.