баннер
24 Apr 2025
02:20

    Andijonda fuqaro 52 ta radarni miltiqda oʻq otib sindirdi

    Oʻtkazilgan sud-tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga koʻra, u jami 1 mlrd 147 mln soʻm moddiy zarar yetkazgan.

    Qayd etilishicha, 1976-yilda tugʻilgan M.S. Andijon shahri hududidagi 29 ta chorrahaga oʻrnatilgan “Telecom soft” MCHJga tegishli boʻlgan 51 dona “Hikvision” rusumli yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari va 1 dona “Hikvision” rusumli radar kompleksiga, oʻziga tegishli boʻlgan “Srket” rusumli pnevmatik miltiqdan oʻq otish orqali qasddan shikast yetkazgan.

    Hozirda holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro M.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech