Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Asaka tumani boʻlimi muhandisi T.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.A. va onasi K.A.ning xonadonlaridagi jami 18 mln soʻm qarzdorliklarini elektron bazasidan oʻchirib, yangi elektr hisoblagichlar oʻrnatib berishi evaziga Sh.A.dan 11 mln soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.