"Yurtimizda joriy yil yanvar oyining ikkinchi oʻn kunligida havo haroratining keskin pasayib ketishi munosabati bilan Andijon viloyatdagi oliy taʼlim, professional taʼlim muassasalari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida belgilangan tartibda ish tashkil etilib, qishki tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, mavjud binolar va talabalar turar joylari oʻquv jarayonlarini boshlash uchun shay holatga keltirildi.
Mazkur taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlarini boshlanishi ob-havo sharoitidan kelib chiqib tashkil etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot sifatida rasmiy xabar beriladi." — deyiladi munosabatda.